Ko‘ngilocharMadaniyat va dam olishTanlanganlarUmumiyYangiliklar

O‘zbekistonda 9 kunlik “Do‘stlik festivali” boshlanadi

23–31-iyul kunlari O‘zbekiston bo‘ylab Xalqaro xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan keng ko‘lamli “Do‘stlik festivali” bo‘lib o‘tadi. Tadbirlar nafaqat Toshkentda, balki respublikaning barcha hududlarida tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Festival davomida turli millat va elatlarning madaniyati, san’ati, adabiyoti hamda urf-odatlarini aks ettiruvchi konsertlar, teatr tomoshalari, adabiy kechalar, badiiy ko‘rgazmalar va jamoatchilik uchrashuvlari o‘tkaziladi. Tadbirlar madaniyat va istirohat bog‘lari, teatrlar, san’at saroylari, ko‘rgazma zallari hamda boshqa jamoat maskanlarida bo‘lib o‘tadi.

Festivalning asosiy maqsadi mamlakatdagi millatlararo totuvlik va o‘zaro hurmat muhitini yanada mustahkamlash, O‘zbekistonning boy madaniy xilma-xilligini keng jamoatchilikka namoyish etishdan iborat. Tashkilotchilar tadbirlar barcha hududlarda bir vaqtning o‘zida o‘tkazilishini, dasturlar esa mahalliy aholi uchun ochiq bo‘lishini ma’lum qilgan.

To‘qqiz kun davom etadigan festival yakuniga qadar mamlakatning turli viloyatlarida milliy madaniyat markazlari, ijodiy jamoalar va san’at namoyandalari ishtirokida o‘nlab madaniy tadbirlar tashkil etilishi kutilmoqda.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 278

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *