G‘aroyibJozibadorKo‘ngilocharTanlanganlarUmumiyYangiliklar

96 yoshli ayol dunyoning eng keksa fudblogeri sifatida Ginnes rekordini o‘rnatdi

AQSHda istiqomat qiluvchi Eylin Chin 96 yoshida dunyoning eng keksa fudblogeri sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. U rekord qayd etilgan paytda 96 yosh-u 89 kunlik bo‘lgan.

Asli Yamaykada tug‘ilgan Eylin Chin ijtimoiy tarmoqlarda milliy taomlar, shirinliklar, sho‘rvalar va uy sharoitida tayyorlanadigan retseptlarni ulashib keladi. Uning samimiy uslubi va videolarda tez-tez ishlatadigan “Mi rahtid!” (“Xudoyim-ey!”) iborasi millionlab kuzatuvchilarning e’tiborini qozongan. Bugungi kunda uning turli platformalardagi auditoriyasi 3 milliondan ortiq obunachini tashkil etadi.

Eylin pazandachilik bilan ilk bor besh yoshida shug‘ullana boshlagan. Keyinchalik bu qiziqish oilaviy biznesga aylangan: u turmush o‘rtog‘i bilan Yamaykada novvoyxona ochgan, so‘ng AQSHning Mayami shahriga ko‘chib o‘tgan. Bugun esa u o‘zining ko‘p yillik tajribasini internet orqali yangi avlod bilan baham ko‘rmoqda.

Eylin Chinning muvaffaqiyati yosh orzularni amalga oshirish uchun to‘siq emasligini yana bir bor isbotladi. Uning Ginnes rekordiga kirishi nafaqat pazandachilik ixlosmandlari, balki butun dunyo internet foydalanuvchilari uchun ilhom manbaiga aylandi.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 261

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *