FaunaG‘aroyibUmumiyYangiliklar

Gonkong aeroportida 8 metrli malla mushuk paydo bo‘ldi

Gonkong xalqaro aeroportida noodatiy art-obyekt — balandligi 8 metr bo‘lgan ulkan malla mushuk o‘rnatildi.

Mazkur installyatsiya yo‘lovchilar e’tiborini tortmoqda: mushuk quloqlarini qimirlatadi va xuddi haqiqiydek xurrak (miyovlash emas, balki xurrillash) chiqaradi. Bu esa uni yanada jonli va qiziqarli ko‘rsatadi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu art-obyekt aeroportning 1-terminal uchib kelish zaliga o‘rnatilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi uzoq parvozdan charchab kelgan yo‘lovchilarning stressini kamaytirishdan iborat.

Mutaxassislar bunday kreativ yechimlar sayohatchilar kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlashmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda esa ulkan mushuk allaqachon mashhurlikka erishib, ko‘plab surat va videolarga sabab bo‘lgan.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 186

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *