KonsolMobilPCUmumiyYangiliklar

YouTube’da Shorts videolarni butunlay o‘chirib qo‘yish funksiyasi paydo bo‘ldi

YouTube platformasi foydalanuvchilar uchun yangi imkoniyatni taqdim etdi — endilikda Shorts (qisqa videolar) bo‘limini butunlay o‘chirib qo‘yish mumkin.

Ma’lum qilinishicha, yangi funksiya orqali foydalanuvchilar Shorts videolar uchun vaqt limitini “0 daqiqa”ga o‘rnatishi mumkin. Shu orqali qisqa videolar platformada umuman ko‘rsatilmaydi.

Ushbu sozlama faollashtirilgach, Shorts lentasi o‘rnida foydalanuvchiga “limitga yetdingiz” degan bildirishnoma chiqadi va qisqa videolar bosh sahifadan ham yashiriladi.

Mazkur imkoniyat YouTube ilovasidagi “Vaqtni boshqarish” (Time management) bo‘limi orqali sozlanadi. Avval bu funksiya cheklangan tarzda sinovdan o‘tkazilgan bo‘lsa, endilikda barcha foydalanuvchilar uchun bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu yangilik ijtimoiy tarmoqlarda ortiqcha vaqt sarflashni kamaytirishni istagan foydalanuvchilar uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 187

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *