Jenna Ortega Parijda “Wednesday” serialining 3-mavsum suratga olish jarayonida ko‘rindi.
Ma’lum qilinishicha, suratga olish ishlari 2026-yil aprel oyida Fransiya poytaxtida boshlangan. Aktrisa an’anaviy qora libosda, mashhur qahramoni — Wednesday Addams obrazida kameralar qarshisiga chiqqan.
Serialning yangi mavsumi avvalgi qismlardan farqli ravishda xalqaro miqyosga chiqmoqda. Endilikda voqealar faqat Nevermore akademiyasi bilan cheklanib qolmay, Parij kabi yirik shaharlarda ham davom etadi.
Internetda tarqalgan ilk kadrlarda Wednesday Eyfel minorasi fonida tasvirlangan bo‘lib, bu yangi mavsum syujetida muhim o‘zgarishlar bo‘lishidan darak beradi.
Loyiha ustida mashhur rejissyor Tim Burton ham ishlayotgani ma’lum bo‘lib, u suratga olish jarayonida Parij ko‘chalarida ko‘ringan.
Hozircha 3-mavsumning aniq chiqish sanasi e’lon qilinmagan, biroq muxlislar yangi sarguzashtlar va yanada qorong‘i syujetni kutishmoqda.



















