Madaniyat va dam olishUmumiyVideoYangiliklar

“Qattiqqo‘l xonim 2” hali chiqmay turib janjalga sabab bo‘ldi: muxlislar nimadan norozi?

Afsonaviy “Qattiqqo‘l xonim” filmining davomi hali ekranlarga chiqmasdan turib, allaqachon muhokamalar markaziga aylanib ulgurdi. Sabab esa — yangi qismda paydo bo‘lishi kutilayotgan g‘alati qahramon.

Ma’lum bo‘lishicha, film ijodkorlari hikoyaga noodatiy obraz qo‘shishni rejalashtirgan. Aynan shu yangilik muxlislar orasida keskin bahslarni keltirib chiqardi. Ba’zilar buni “qiziqarli eksperiment” deb baholasa, boshqalar esa filmning asl ruhiga zid deb hisoblamoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda bahslar tobora qizib bormoqda. Ayrim tomoshabinlar yangi qahramon filmga yangi nafas olib kiradi desa, boshqalar esa bu qaror loyihani “buzishi” mumkinligini aytmoqda.

Ayniqsa, original film muxlislari klassik qahramonlar va eski uslub saqlanib qolishini istayotganini yashirmayapti.

Eslatib o‘tamiz, “Qattiqqo‘l xonim 2” filmida asosiy aktyorlar yana qaytishi kutilmoqda. Syujet esa moda industriyasidagi o‘zgarishlar va yangi davr muammolari atrofida quriladi.

Shu bilan birga, aynan yangi obraz va yangicha yondashuv filmning asosiy “riskli nuqtasi”ga aylangan.

Film hali chiqmagan bo‘lsa-da, muhokamalar allaqachon uning atrofida katta hype yaratdi. Endi esa barchani bir savol qiziqtiryapti: yangi qahramon filmni yanada mashhur qiladimi yoki aksincha — muxlislarni yo‘qotadimi?

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 197

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *