Xitoy olimlari chorvachilik sohasida katta ilmiy yutuqqa erishdi. Mamlakatda ilk bor birdaniga oltita yuqori mahsuldor sersut echki muvaffaqiyatli klonlashtirildi. Tajriba Shensi provinsiyasidagi ilmiy markazda amalga oshirilgan.
Mutaxassislarning aytishicha, klonlashtirilgan echkilar oddiy echkilarga qaraganda ancha ko‘proq sut beradi. Loyiha orqali kelajakda sut ishlab chiqarish hajmini oshirish va chorvachilik samaradorligini yaxshilash maqsad qilingan.
Olimlar hozircha loyiha sinov bosqichida ekanini ta’kidlamoqda. Shunga qaramay, ushbu tajriba biologiya va qishloq xo‘jaligi texnologiyalari sohasidagi muhim qadam sifatida baholanmoqda.
Internet foydalanuvchilari esa bu yangilikni:
“Kelajak fermasi boshlandi”
deya muhokama qilmoqda.

















