Madaniyat va dam olishTanlanganlarYangiliklar

Mettyu Makkonahi yulduzlik bosimidan qochib Peruda 22 kun elektrsiz yashagan

Gollivud aktyori Mettyu Makkonahi mashhurlik bosimi kuchaygan paytda o‘zini topish uchun noodatiy qaror qabul qilganini aytdi Aktyor Peruda 22 kun davomida elektr energiyasisiz yashagan va hatto o‘zini “Mateo” deb tanishtirgan

Makkonahining aytishicha bu safar unga Gollivud shovqinidan uzoqlashib haqiqiy hayotga qaytishga yordam bergan U aktyor sifatida mashhur bo‘lib ketganidan keyin odamlar uni emas balki uning obrazini ko‘rayotganini his qilganini aytgan

Aktyor dastlabki 12 kunni juda qiyin o‘tkazganini ammo keyinchalik ichki xotirjamlikni his qilganini aytmoqda Safar oxirida esa u Perudagi odamlar bilan juda yaqin munosabat o‘rnatgan va ular uni mashhur aktyor emas oddiy “Mateo” sifatida tanigan

Internet foydalanuvchilari esa bu voqeani turlicha qabul qilmoqda Ayrimlar aktyorning o‘zini anglash yo‘lidagi qarorini qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lsa boshqalar “22 kunlik ta’til” deb hazillashmoqda

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 170

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *