Madaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

Ispaniya soliq idorasi Shakiraga 60 mln yevro qaytaradi

Shakira Ispaniya soliq idorasi bilan yillar davom etgan sud mojarosida katta g‘alabaga erishdi. Mamlakat Oliy sudi xonandani 2011-yil bo‘yicha soliq firibgarligi ayblovidan oqladi va endi unga 60 million yevrodan ortiq mablag‘ qaytarilishi kerak bo‘ladi.

Sud qaroriga ko‘ra, soliq idorasi Shakiraning 2011-yilda Ispaniyada qonun bo‘yicha talab qilinadigan 183 kundan ko‘proq yashaganini isbotlay olmagan. Shu sabab avval qo‘yilgan jarimalar noqonuniy deb topilgan.

Qaytarilishi kerak bo‘lgan summa:

  • jarimalar
  • oldin to‘langan soliqlar
  • foizlar
  • sud xarajatlari

ni ham o‘z ichiga oladi.

Shakira esa sud qaroridan keyin:

“Hech qanday firibgarlik bo‘lmagan”

deya bayonot berdi va bu jarayon uning obro‘siga ham katta zarar yetkazganini aytdi.

Biroq Ispaniya soliq agentligi qaror ustidan yana shikoyat qilishini ma’lum qilgan.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 218

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *