G‘aroyibJozibadorSayohatTanlanganlarUmumiyYangiliklar

Eyfel minorasining bir qismi rekord narxda sotildi

Eyfel minorasining asl qismlaridan biri Parijdagi auksionda kutilganidan ancha qimmat narxda sotildi. Xaridor tarixiy eksponat uchun 450 ming yevrodan ortiq mablag‘ to‘lagan.

Gap minoraning original spiral zinapoyasi bo‘lagining bir qismi haqida ketmoqda. Ushbu metall konstruksiya avval Eyfel minorasining yuqori qavatlarini bog‘lab turgan tarixiy zinapoya segmentlaridan biri hisoblanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu qism 1983-yilda lift tizimi modernizatsiya qilingach demontaj qilingan va keyinchalik kolleksionerlar qo‘liga o‘tgan.

Auksion tashkilotchilari eksponat qiymatini taxminan 120–150 ming yevro atrofida baholagan edi. Biroq savdo jarayonida kolleksionerlar o‘rtasidagi katta qiziqish sabab yakuniy narx 450 160 yevroga yetgan. Bu dastlabki prognozdan deyarli uch baravar yuqori.

1889-yilda qurilgan Eyfel minorasi bugungi kungacha dunyoning eng mashhur ramzlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Har yili millionlab sayyohlar Parijga aynan ushbu inshootni ko‘rish uchun tashrif buyuradi. Tarixiy qismlarning auksionlarda sotilishi esa kolleksionerlar orasida alohida qiziqish uyg‘otadi. Avval ham Eyfel minorasining turli segmentlari rekord narxlarda xarid qilingan edi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim foydalanuvchilar “temir zinapoya uchun yarim million yevro” to‘langanidan hayratlangan bo‘lsa, boshqalar buni tarixning bir bo‘lagiga egalik qilish imkoniyati deb baholamoqda.Shu tariqa Eyfel minorasi nafaqat turistik maskan, balki kolleksionerlar uchun ham eng qimmat tarixiy obyektlardan biri ekanini yana bir bor isbotladi.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 204

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *