Madaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

“Barbi”dan keyin: “Qattiqqo‘l xonim 2” jahon prokatida 500 million dollar yig‘di

Moda olami haqida hikoya qiluvchi mashhur “Qattiqqo‘l xonim 2” filmi jahon prokatida katta muvaffaqiyatga erishdi. Film qisqa vaqt ichida 500 million dollardan ortiq mablag‘ yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. Kino ekspertlari fikricha, loyiha ayniqsa “Barbi” filmidan keyin moda va ayollar auditoriyasiga mo‘ljallangan eng muvaffaqiyatli filmlardan biriga aylangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra:

  • Shimoliy Amerikada film 163 million dollar
  • xalqaro prokatda esa 300 million dollardan ortiq daromad keltirgan.

Filmning asosiy e’tibori yana afsonaviy Miranda Pristli obraziga qaratilgan. Qattiqqo‘l xarakteri, sovuq munosabati va moda olamidagi hukmronligi bilan mashhur qahramon bu safar ham internetda faol muhokama qilinmoqda.
Muxlislar ayniqsa:

  • film atmosferasi
  • hashamatli kostyumlar
  • moda sahnalari
  • va keskin dialoglarni

yuqori baholamoqda.

Qizig‘i shundaki, film katta ekranlarga chiqmasidan oldin ham ijtimoiy tarmoqlarda bahslarga sabab bo‘lgandi. Ayrim tomoshabinlar loyihadagi noodatiy qahramonlardan birini tanqid qilgan, boshqalar esa filmni zamonaviy moda industriyasining yorqin satirasi deb atagan.
Tanqidchilar fikricha, “Qattiqqo‘l xonim 2” oddiy drama emas. Film:

  • moda biznesining ichki dunyosi
  • mashhurlik bosimi
  • muvaffaqiyat narxi
  • va insoniy munosabatlarni

yorqin vizual uslub orqali ko‘rsatib beradi.

Film chiqishi bilan TikTok, Instagram va X platformalarida sahnalar, liboslar va Miranda Pristli replikalari trendga aylangan. Ayrim foydalanuvchilar esa filmni “2026-yilning eng stilistik filmi” deb atamoqda.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 218

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *