G‘aroyibKo‘ngilocharMadaniyat va dam olishTanlanganlarUmumiyYangiliklar

26 yoshli blogerning kam byudjetli filmi 100 million dollar daromad keltirdi

Gollivudda yangi yulduz paydo bo‘ldi. Atigi 26 yoshli bloger va rejissyor Curry Barker suratga olgan “Obsessiya” filmi kutilmagan darajada katta muvaffaqiyat qozonib, jahon prokatida 100 million dollardan ortiq mablag‘ yig‘di.

1 million dollarlik film 100 million ishlab topdi

Box Office Mojo ma’lumotlariga ko‘ra, filmni suratga olish uchun taxminan 1 million dollar sarflangan. Eng qizig‘i, loyiha atigi 20 kun ichida tasvirga olingan. Shunga qaramay, kartina yilning eng daromadli mustaqil filmlaridan biriga aylandi.

Festivaldan Gollivudgacha

“Obsessiya” ilk bor Toronto International Film Festival doirasida namoyish etilgan. Premyeradan so‘ng filmga yirik kinokompaniyalar qiziqish bildirgan va tarqatish huquqini Focus Features qo‘lga kiritgan. Keyinchalik loyiha reliziga mashhur Blumhouse Productions ham qo‘shilgan.

Film nima haqida?

Horror janridagi film voqealari Bear ismli yigit atrofida kechadi. U uzoq vaqtdan beri Nikki ismli qizni sevadi va bir kuni sirli do‘kondan topilgan sehrli tayoqcha yordamida qizning o‘ziga oshiq bo‘lishini tilaydi.

Tilak amalga oshadi, ammo voqealar tez orada dahshatli tus oladi. Oddiy muhabbat hikoyasi qo‘rqinchli va xavfli oqibatlarga olib keladi.

Yosh rejissyorning ilk katta muvaffaqiyati

Kinotanqidchilar film muvaffaqiyatini uning noodatiy g‘oyasi, keskin syujeti va Curry Barkerning o‘ziga xos uslubi bilan izohlamoqda. Mazkur natijadan so‘ng yosh bloger Gollivudning eng istiqbolli yangi rejissyorlari qatoridan joy oldi.

“Obsessiya” esa kichik byudjet bilan ham katta muvaffaqiyatga erishish mumkinligini yana bir bor isbotladi.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 236

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *