Koreys seriallari muxlislari uchun iyun oyi yangi va qiziqarli loyihalarga boy bo‘ladi. Tibbiyot, kriminal, maktab hayoti va romantika janrlarini o‘zida mujassam etgan ushbu doramalar allaqachon tomoshabinlar e’tiborini tortishga ulgurgan.
1. Mercy for None
Premyera sanasi: 26-iyun
Sobiq gangster o‘z ukasining sirli o‘limidan so‘ng jinoyat olamiga qaytishga majbur bo‘ladi. U haqiqatni aniqlash va aybdorlarni topish uchun xavfli tergov boshlaydi.
Bosh rollarni So Ji-sub, Choi Dae-hoon va Yoon Kyung-ho ijro etgan. Kriminal va triller janrini yoqtiradiganlar uchun eng kutilayotgan loyihalardan biri hisoblanadi.
2. True Education
Premyera sanasi: 5-iyun
Serial maktab tizimidagi muammolar va intizom masalalariga bag‘ishlangan. Maxsus ta’lim inspektorlari o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi nizolarni hal qilishga urinadi.
Bosh rollarda Kim Moo-yul, Lee Sung-min va Jin Ki-joo ishtirok etadi.
3. Our Movie
Premyera sanasi: iyun oyi o‘rtalari
Syujet mashhur kinorejissyor va og‘ir kasallikka chalingan yosh aktrisa atrofida rivojlanadi. Ularning hamkorligi vaqt o‘tishi bilan samimiy munosabatlarga aylanadi.
Dorama romantika va melodrama janrlarini yoqtiradigan tomoshabinlarga mo‘ljallangan.



















