Los-Anjelesdagi “Minionlar va maxluqlar” (Minions & Monsters) multfilmining jahon premyerasi noodatiy tarzda o‘tdi. Tadbirning eng qiziqarli qismi Minionlar so‘zlashadigan xayoliy Minionese tilida qo‘shiq kuylash tanlovi bo‘ldi.
Tanlovda ishtirokchilar Queen, The Jackson 5, Bruno Mars va Olivia Rodrigoning mashhur qo‘shiqlarini Minion tilida ijro etdi. G‘olib esa The Jackson 5 guruhining “I’ll Be There” qo‘shig‘ini kuylagan Rynia Kando bo‘ldi. U bosh sovrin sifatida ramziy “Oltin banan” mukofotini qo‘lga kiritdi.
Tadbir videolari ijtimoiy tarmoqlarda tezda ommalashdi. Foydalanuvchilar ishtirokchilarning Minion tilidagi talaffuzi va chiqishlarini yuqori baholab, tanlovni premyeraning eng esda qolarli lahzalaridan biri deb atamoqda. Hatto xonanda Olivia Rodrigo ham o‘z qo‘shig‘ining Minion tilidagi ijrosini ko‘rib, uni “ko‘rgan eng ajoyib narsalardan biri” deya izohlagan.
“Minionlar va maxluqlar” 1-iyuldan kinoteatrlarda namoyish etiladi. Yangi film Minionlarning 1920-yillardagi Gollivuddagi sarguzashtlari haqida hikoya qiladi va mashhur franshizaning navbatdagi qismi hisoblanadi.



















