Madaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

“San’atni tark etganimdan bir zum ham afsuslanmadim” — Sardor Rahimxon

Sobiq xonanda Sardor Rahimxon san’atni tark etganidan afsuslanmasligini aytib, bugungi hayotiy qarashlari, insonparvarlik faoliyati va internetdagi firibgarliklar haqida fikr bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sahnani tark etish qarori ongli ravishda qabul qilingan va bu tanlovidan biror marta ham pushaymon bo‘lmagan. Aksincha, bugungi faoliyati orqali odamlarga ko‘proq foyda keltirayotganini ta’kidladi.

Sardor Rahimxon, shuningdek, uning nomidan soxta sahifalar ochilib, turli firibgarlik holatlari sodir etilayotganidan xavotir bildirdi. U muxlislarini faqat rasmiy sahifalardagi ma’lumotlarga ishonishga va noma’lum akkauntlarga pul o‘tkazmaslikka chaqirdi.

Sobiq xonanda bugungi kunda asosiy e’tiborini ijtimoiy va xayriya loyihalariga qaratganini aytib, hayotining mazmuni endi mashhurlik emas, balki odamlarga manfaat yetkazish ekanini qayd etdi.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 253

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *