Turkiyaning taniqli aktrisasi Deniz Baysal va uning turmush o‘rtog‘i, musiqachi Barish Yurtchu ajrashayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, juftlik qariyb yetti yillik oilaviy hayotdan so‘ng munosabatlariga yakun yasashga qaror qilgan.

Bu haqda Haberler nashri xabar berdi.
Tomoshabinlarga “Bu Deniz Taşacak” serialidagi Esme obrazi orqali yaxshi tanish bo‘lgan Deniz Baysal 2019-yilda Barish Yurtchu bilan turmush qurgan edi. O‘tgan yillar davomida ular turk shou-biznesining eng e’tiborli juftliklaridan biri sifatida tilga olinib kelgan.

Hozircha juftlikning o‘zi yoki ularning vakillari ajralish haqidagi xabarlarga rasman izoh bermagan. Shunga qaramay, mazkur xabar turk OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Muxlislar esa voqealar rivojini kuzatishda davom etmoqda. Agar tomonlar tomonidan rasmiy bayonot berilsa, xabar qo‘shimcha ma’lumotlar bilan yangilanadi.






