FaunaG‘aroyibJozibadorMadaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

Ekvadorda endi uy hayvonlari to‘ylarda ramziy guvoh bo‘lishi mumkin

Ekvadorda yangi tashabbus tufayli endi it va mushuklar fuqarolik nikohi marosimlarida ramziy guvoh sifatida ishtirok etishi mumkin. Maxsus hujjatda ular imzo o‘rniga panja izini qoldiradi. Biroq bu belgi huquqiy kuchga ega emas, u faqat ramziy ma’noni anglatadi.

Mazkur tashabbus joriy etilganidan buyon 50 dan ortiq juftlik nikoh marosimiga o‘z uy hayvonlarini olib kelgan. Ulardan biri Diana Tupisa va Andres Alkinga bo‘lib, ular pekin zotli iti Lunani to‘y guvohi sifatida tanlagan. To‘y yakunida Luna nikoh guvohnomasiga panja izini bosgan.

Ekvador Fuqarolik reyestri vakillarining ta’kidlashicha, bu tashabbus zamonaviy oilalar ehtiyojlariga moslashish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan. Mamlakatda millionlab odamlar uy hayvonlarini oila a’zosi sifatida ko‘rishi sababli, ularni hayotdagi eng muhim voqealarga ramziy tarzda jalb qilish imkoniyati yaratilgan.

Mutaxassislar fikricha, bu tashabbus uy hayvonlarining oiladagi o‘rniga bo‘lgan munosabat o‘zgarayotganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, panja izi nikohning rasmiy guvohi hisoblanmaydi va marosimda inson guvohlarining ishtiroki avvalgidek majburiyligicha qolmoqda.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 272

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *