G‘aroyibJozibadorMadaniyat va dam olishUmumiy

Katrina Kaif — 43 yosh: hind tilini bilmagan qiz qanday qilib Bollivudning eng yorqin yulduziga aylandi?

Bugun Bollivudning eng mashhur aktrisalaridan biri Katrina Kaif 43 yoshni qarshi oldi. Britaniyaning Gonkong hududida tug‘ilgan aktrisaning otasi asli kashmirlik musulmon, onasi esa britaniyalik huquqshunos va xayriya faoli. Bolaligi davomida u oilasi bilan bir necha davlatda yashagan va uy sharoitida ta’lim olgan.

Katrina faoliyatini model sifatida boshlagan. Londondagi moda namoyishlaridan birida hind rejissyori Kaizad Gustad uni payqab qoladi va 2003-yilda suratga olingan “Boom” filmi orqali Bollivudga olib kiradi. Dastlab u hind tilini deyarli bilmagani sabab ko‘plab tanqidlarga uchraydi, hatto ayrim filmlarda uning ovozi dublyaj qilingan. Shunga qaramay, u tilni puxta o‘rganib, aktyorlik mahoratini muntazam rivojlantirdi.

Bugungi kunda Katrina Kaif kino bilan bir qatorda tadbirkor sifatida ham muvaffaqiyat qozongan. U asos solgan Kay Beauty kosmetika brendi Hindistondagi eng ommabop go‘zallik brendlaridan biri hisoblanadi. 2021-yilda aktyor Vikki Kaushal bilan turmush qurgan aktrisa hanuz Bollivudning eng nufuzli va ta’sirli yulduzlari qatoridan joy olib kelmoqda. Uning 43 yoshi munosabati bilan kino olamidagi hamkasblari va millionlab muxlislar ijtimoiy tarmoqlar orqali tabriklar yo‘llashdi.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 269

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *