Madaniyat va dam olishTanlanganlarUmumiyVideoYangiliklar

Jonni Depp katta ekranlarga qaytmoqda: “Ebenezer: Rojdestvo qo‘shig‘i” filmining ilk treyleri taqdim etildi

Gollivud yulduzi Jonni Depp uzoq tanaffusdan so‘ng yana yirik kinoloyihada bosh rolni ijro etmoqda. Aktyor ishtirokidagi “Ebenezer: Rojdestvo qo‘shig‘i” (Ebenezer: A Christmas Carol) filmining ilk rasmiy treyleri e’lon qilindi. Film ingliz yozuvchisi Charlz Dikkensning mashhur “Rojdestvo qo‘shig‘i” (A Christmas Carol) asari asosida suratga olingan.

Yangi talqinda Jonni Depp Rojdestvoni yomon ko‘radigan badjahl va xasis qariya Ebenezer Skruj obrazini gavdalantiradi. Treyler qorong‘i atmosfera, mistik ruh va kuchli dramatik sahnalari bilan tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Filmga dahshat janridagi ishlari bilan tanilgan Ti Uest rejissyorlik qilgan. Kartinada, shuningdek, Ian Makkellen, Rupert Grint, Deyzi Ridli, Sem Klaflin va Andrea Rayzboro kabi mashhur aktyorlar ham rol ijro etgan.

“Ebenezer: Rojdestvo qo‘shig‘i” filmining premyerasi 2026-yil 13-noyabrga rejalashtirilgan. Mazkur loyiha Jonni Deppning so‘nggi yillardagi eng yirik Gollivud filmlaridan biri bo‘lib, muxlislar tomonidan uning katta ekranlarga qaytishi sifatida baholanmoqda.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 271

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *