Madaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

Liil Hurramov uylanmoqda: To‘y sanasi qachon?

O‘zbekistonlik mashhur bloger, vayner va xonanda Liil Hurramov muxlislarini quvonchli xabar bilan xushnud etdi. U tez orada uylanishini ma’lum qilib, to‘yga tayyorgarlik jarayonidan lavhalarni ijtimoiy tarmoqlarda ulashdi.

Bloger Instagram sahifasida Lera ismli qiz bilan birga to‘y uchun kelinlik libosi tanlayotgani aks etgan videoni e’lon qildi. Lavhalarda juftlikning nikoh marosimiga faol tayyorgarlik ko‘rayotgani ko‘rinadi.

Ushbu xabar Liil Hurramovning muxlislari orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Obunachilar izohlarda juftlikka baxt tilab, ularni bo‘lajak to‘y bilan tabriklashgan.

Qizig‘i, Liil Hurramovning shaxsiy hayoti yil boshida ham muxlislar e’tiborida bo‘lgan. Yanvar oyida u kuzatuvchilarining savollariga javob berar ekan, shu yil turmush qurish rejalari borligiga ishora qilgan edi. O‘sha vaqtda uning Dubayda yashovchi model Valeriya bilan munosabatda ekani ma’lum bo‘lgan.

Biroq iyun oyida bloger Valeriya bilan munosabatlari yakunlanganini ma’lum qilgan. Shu sababli uning yangi munosabati va Lera bilan to‘yga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqidagi xabar muxlislar uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi.

Hozircha Liil Hurramov va Lera to‘yining aniq sanasi ma’lum emas. Juftlik marosimga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 285

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *