G‘aroyibJozibadorTanlanganlarUmumiyYangiliklar

61 yoshli ayol qizining farzandini o‘zi dunyoga keltirdi

AQSHning Chikago shahrida Kristin Keysi ismli 61 yoshli ayol o‘z qizining farzandini dunyoga keltirgan. U qizi Sara Konnell uchun surrogat ona bo‘lgan.

Sara va uning turmush o‘rtog‘i Bill bir necha yil davomida farzandli bo‘lishga urinadi. Homiladorlik bilan bog‘liq muammolardan so‘ng ular EKU — ekstrakorporal urug‘lantirish usulidan foydalanishga qaror qiladi.

Embrion Saraning tuxum hujayrasi va Billning spermasidan yaratilgan. Keyinchalik u Saraning onasi Kristin bachadoniga ko‘chirilgan. Shu sababli Kristin bolani dunyoga keltirgan bo‘lsa-da, chaqaloqning biologik ota-onasi Sara va Bill bo‘lgan.

Eng qiziq jihati shundaki, Kristin bundan taxminan 10 yil avval menopauzani boshdan kechirgan edi. Shifokorlar uni gormonal davolash yordamida homiladorlikka tayyorlashgan. EKUning ikkinchi urinishidan so‘ng u homilador bo‘lgan.

Kristin homiladorlikni to‘liq muddatgacha olib borib, Chikagodagi Prentice Women’s Hospital shifoxonasida kesarcha kesish orqali Finnean ismli nabirasini dunyoga keltirgan.

Oradan 15 yil o‘tgan bo‘lsa ham, bu voqea oila hayotidagi eng noodatiy sahifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Sara va Kristin 2011-yilda o‘z hikoyalarini Opra Uinfri shousida ham so‘zlab berishgan.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 285

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *