JozibadorKo‘ngilocharMadaniyat va dam olishTanlanganlarUmumiyYangiliklar

Hande Erchel Germaniyada suratga olinadigan xalqaro filmning bosh yulduziga aylanadi

Turkiyalik aktrisa Hande Erchel xalqaro kino loyihasida ishtirok etishga tayyorlanmoqda. U eronlik rejissyor Nader Saeivarning “Diaspora” nomli yangi dramatik filmida bosh rolni ijro etadi. Bu haqda Zamin.uz nashri xabar berdi.

Film voqealari Germaniyaning Berlin shahrida kechadi. Hande Erchel Merve ismli turk ayoli obrazini gavdalantiradi. U turmush o‘rtog‘ining fojiali o‘limidan so‘ng 12 yoshli o‘g‘li bilan Germaniyaga ko‘chib, hayotini yangidan boshlashga urinadi. Biroq yangi mamlakatdagi hayoti kutilmagan qiyinchiliklar, adolatsizlik va jamiyatdagi stereotiplar sabab murakkablashadi.

Filmda nemis aktyori Moritz Bleibtreu ham ishtirok etadi. Loyiha nemis, ingliz va turk tillarida suratga olinadi. Tasvirga olish ishlari 2027-yil boshida boshlanishi rejalashtirilgan.

Hande Erchel suratga olish ishlaridan taxminan bir oy oldin Berlinga borib, o‘z qahramoniga tayyorgarlik ko‘rishi, til o‘rganishi va film jamoasi bilan repetitsiyalarda qatnashishi kutilmoqda.

“Diaspora” filmi aktrisaning xalqaro kino sohasidagi faoliyatida yangi bosqich bo‘lishi mumkin. Unda migratsiya, begona muhitga moslashish va adolat uchun kurash mavzulari yoritiladi.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 317

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *