Xitoyning Xenan provinsiyasida yashovchi 60 yoshli Chjan ismli ayol qiz farzandni dunyoga keltirdi. Qizaloq ayolning o‘g‘li tug‘ilganidan ikki yil o‘tib dunyoga kelgan.
Ayolning qizi 2026-yil 17-sentyabr kuni kesarcha kesish orqali tug‘ilgan. Chaqaloqning vazni 2,8 kilogrammni tashkil etgan.
Chjan oilasi 2022-yilda yagona farzandidan ayrilgan. Uning o‘limi sababi va yoshi haqida ma’lumot berilmagan. Ikki yildan so‘ng, 2024-yilda ayol o‘g‘il farzandli bo‘lgan, endilikda esa oilada qizaloq ham dunyoga keldi.
“Men juda baxtliman, endi o‘g‘lim va qizim bor. Hayotim mazmunga to‘ldi. Bolalar bir-biriga eng yaqin do‘st bo‘ladi va o‘zlarini yolg‘iz his qilmaydi”, — deya ta’kidlagan ayol.
Chjan o‘zini pasportdagi yoshidan ancha yosh his qilishini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, otasi 100 yoshida vafot etgan, 94 yoshli onasi esa hanuz mustaqil hayot kechirmoqda. Ayol oilasidagi uzoq umr ko‘rish an’anasi unga ham nasib etishiga ishonadi.
U farzandlari voyaga yetib, o‘z oilalarini qurishga ulgurishlariga umid bildirdi. Biroq uning yoshi bilan bog‘liq qarori Xitoy jamoatchiligi orasida turli munozaralarga sabab bo‘ldi.



















