Madaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

Tupak Shakur o‘limi: jinoyatchilar to‘dasi sobiq rahbari 40 yilga umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Amerikalik reper Tupak Shakurning 1996-yildagi o‘limini uyushtirishda aybdor deb topilgan Duane “Keffe D” Devis 40 yildan umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Hukm 13-oktyabr kuni AQShning Las-Vegas shahridagi sudda e’lon qilindi.

63 yoshli Devis Kaliforniyadagi South Side Compton Crips jinoiy guruhining sobiq rahbari bo‘lgan. U 2026-yil avgust oyida birinchi darajali qotillikda aybdor deb topilgan. Sud unga kamida 40 yil qamoqda o‘tirish jazosini belgiladi. U jazo muddatining tegishli qismini o‘taganidan so‘ng shartli ozodlikka chiqish masalasini ko‘rib chiqish imkoniga ega bo‘lishi mumkin. Biroq bu uning albatta ozod etilishini anglatmaydi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 1996-yil 7-sentyabr kuni Las-Vegasda bokschi Mayk Tayson ishtirokidagi jangdan so‘ng Tupak va uning hamrohlari Devisning jiyani Orlando Anderson bilan janjallashgan. Prokuratura fikricha, Devis bundan qasos olish maqsadida reperga qarshi hujumni uyushtirgan.

O‘sha kuni Tupak qora rangli BMW avtomobilida ketayotganida, yoniga oq rangli Cadillac kelib to‘xtagan va undan o‘q uzilgan. Reper bir necha bor yaralangan va olti kundan keyin, 25 yoshida shifoxonada vafot etgan. Uning yonida bo‘lgan musiqiy prodyuser Suge Knight esa tirik qolgan.

Jinoyat qariyb 30 yil davomida ochilmay qolgan. Tergovda Devisning intervyulari va 2019-yilda chop etilgan xotiralar kitobidagi bayonotlari muhim dalil bo‘lgan. Prokuratura uni hujumni rejalashtirishda va qurolni yetkazib berishda ayblagan, biroq Devisning o‘zi o‘q uzgan shaxs ekani ta’kidlanmagan.

Sud hukmi e’lon qilingach, Tupakning singlisi Sekiyva Shakur akasining o‘limi oilasi uchun hanuz og‘ir yo‘qotish ekanini ta’kidladi. Devisning advokati esa hukm ustidan apellyatsiya berish niyatida ekanini bildirgan.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 309

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *