Qaysi xona sizga ko‘proq yoqadi?

Minimalistik xona
Oddiylik, tartib va ortiqcha buyumlarsiz muhit.
Creative xona
Ranglar, rasmlar, kitoblar va o‘ziga xos detallar.
Old Money xona
Klassika, nafislik va qimmatbaho ko‘rinadigan detallar.
Streetwear xona
Zamonaviy kayfiyat, yorqin chiroqlar va individual uslub.
Xonangizda eng muhim narsa nima?

Tartib va qulaylik.
Meni ilhomlantiradigan buyumlar.
Sifatli mebel va nafis ko‘rinish.
Texnika, musiqa va zamonaviy jihozlar
Dam olish kuningizni qanday o‘tkazishni xohlaysiz?

Uyda qolib, sevimli filmimni ko‘rish yoki kitob o‘qish.
Yangi mashg‘ulot topish, nimadir yaratish.
Chiroyli joyda ovqatlanish yoki yoqimli muhitda vaqt o‘tkazish.
Do‘stlar bilan uchrashish, shaharni aylanish.
Siz uchun ideal ranglar qaysilar?

Oq, bej, kulrang.
Sariq, yashil, pushti va boshqa ranglar.
Jigarrang, krem, qora va oltinrang.
Qora, binafsha, ko‘k va neon ranglar.
Yangi uyga ko‘chib o‘tdingiz. Birinchi navbatda nima qilasiz?

Barcha buyumlarni joylashtirib, tartib o‘rnataman.
Xonani o‘zimga xos bezaklar bilan to‘ldiraman.
Sifatli mebel va nafis dekor tanlayman.
Texnika, ovoz tizimi va yoritishni sozlayman.

Siz tartib va muvozanatni qadrlaysiz.
Sizga ortiqcha shovqin va murakkablik kerak emas. Qulaylik, aniqlik va xotirjam muhitda o‘zingizni yaxshi his qilasiz. Siz uchun kamroq narsa — ko‘proq qulaylik.

Sizning dunyoqarashingiz o‘ziga xos.
Siz yangiliklarni yaxshi ko‘rasiz, noodatiy g‘oyalardan ilhom olasiz va boshqalarga o‘xshashga intilmaysiz. Siz uchun uy — shunchaki yashash joyi emas, balki o‘zingizni ifodalash usuli.

Siz sifat va nafislikni tanlaysiz.
Siz uchun tashqi ko‘rinish bilan birga, sifat va uzoq muddatli qiymat ham muhim. Klassik uslub, puxta tanlangan detallar va did bilan yaratilgan muhit sizga yaqin.

Siz erkinlik va zamonaviylikni yoqtirasiz.
Siz uchun o‘z uslubingizga ega bo‘lish muhim. Yangi trendlar, musiqa, texnologiya va faol hayot tarzi sizni ilhomlantiradi. Siz qoidalarga ko‘r-ko‘rona ergashishdan ko‘ra, o‘z yo‘lingizni tanlashni afzal ko‘rasiz.



















