Madaniyat va dam olishTanlanganlarUmumiyYangiliklar

Javohir Sindorov va Gukesh o‘rtasidagi Jahon chempionligi bahslarining boshlanish vaqti ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov va amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommaraju o‘rtasidagi shaxmat bo‘yicha Jahon chempionligi uchrashuvlarining boshlanish vaqti ma’lum bo‘ldi.

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) ma’lumotlariga ko‘ra, bahslar 2026-yil 22-noyabrdan 12-dekabrgacha Shveysariyaning Jeneva shahrida o‘tkaziladi. Birinchi klassik partiya 24-noyabr kuni, Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanishi belgilangan.

Jahon chempionligi uchun bahs maksimal 14 ta klassik partiyadan iborat bo‘ladi. G‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun shaxmatchilardan 7,5 ochko jamg‘arish talab etiladi. Agar asosiy bahslar yakunida hisob 7:7 bo‘lsa, chempion nomi 12-dekabr kuni o‘tkaziladigan tay-breyk orqali aniqlanadi.

Uchrashuvning mukofot jamg‘armasi 2,5 million dollarni tashkil etadi. G‘olib 1,3 million dollar, finalchi esa 1,2 million dollar oladi.

Javohir Sindorov 2026-yilgi Da’vogarlar turnirida g‘alaba qozonib, jahon chempionligi uchun kurashish huquqini qo‘lga kiritgan. U O‘zbekiston tarixida mutlaq jahon chempionligi uchun bahsga chiqqan ilk shaxmatchi bo‘ladi. Har ikki grossmeyster chempionlik uchrashuvi boshlanganda 20 yoshda bo‘ladi.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 307

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *