JozibadorTanlanganlarUmumiyYangiliklar

54 mingta tosh bo‘lagidan tikilgan kurtka 50 ming dollarga baholandi

Britaniyaning Vollebak kompaniyasi tashqi qismi 54 mingga yaqin haqiqiy tosh bo‘laklari bilan qoplangan noodatiy Rock Jacket kurtkasini taqdim etdi. Uning yagona nusxasi 50 ming dollarga baholangan.

Harrington uslubida yaratilgan kurtkaning tashqi qismi slanets deb ataladigan toshdan tayyorlangan mayda plastinkalar bilan qoplangan. Har bir bo‘lakning o‘lchami 5×5 millimetr, qalinligi esa atigi 0,5 millimetrni tashkil etadi. Tashqi ko‘rinishi sababli kiyim zamonaviy sovutga o‘xshaydi.

Loyihani fransiyalik materialshunos va dizayner Stiven Leprize ishlab chiqqan. U dastlab yog‘och uchun yaratilgan elastik mozaika texnologiyasini toshga moslashtirgan. Materialni tayyorlash qariyb 50 bosqichdan iborat bo‘lib, eng murakkab jarayon mo‘rt toshni mayda bo‘laklarga ajratish va ularni shikastlamaslik bo‘lgan.

Tosh plastinkalar maxsus yelim yordamida neopren asosga bosim ostida biriktirilgan. Kurtkaning choklari ham shu usulda tayyorlangan, cho‘ntaklari esa mustahkam Cordura matosidan tikilgan.

Toshning qattiqligi sababli kurtkani tanaga yopishib turadigan shaklda yaratishning imkoni bo‘lmagan. Shu bois u biroz kalta va kengroq bichimda ishlangan. Yenglar bukilganda plastinkalar bir-birining ustiga chiqib, kiyimning harakatga moslashishiga yordam beradi.

Hozircha kurtkaning faqat bitta nusxasi yaratilgan. Loyiha mualliflari esa kelajakda granit, marmar va qumtosh kabi boshqa materiallardan ham kiyimlar tayyorlash ustida ishlamoqda.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 287

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *