FaunaMadaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

Leonardo Di Kaprio va Jeff Bezos noyob hayvonlarni asrash uchun 200 million dollar ajratdi

Gollivud yulduzi Leonardo Di Kaprio va milliarder Jeff Bezos yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan noyob hayvon turlarini saqlab qolishga qaratilgan 200 million dollarlik yirik ekologik tashabbusni e’lon qildi. Phoenix Species Project nomini olgan loyiha dunyoning 30 mamlakatidagi eng xavf ostidagi 100 turni himoya qilishni maqsad qilgan.

Loyiha Di Kaprio asos solgan Re tashkiloti hamda Bezos Earth Fund jamg‘armasi hamkorligida amalga oshiriladi. Tashabbus tashkilotchilarining ta’kidlashicha, bu yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlarni tiklashga bag‘ishlangan tarixdagi eng yirik xususiy xayriya fondlaridan biri hisoblanadi.

Dastur doirasida Madagaskardagi noyob lemurlar, Malay pangolini, Attenboro exidnasi, Galapagos orollaridagi pushti iguana, salamandralar va boshqa o‘nlab noyob hayvon turlarini muhofaza qilish ishlari moliyalashtiriladi. Mablag‘lar yashash muhitini tiklash, noqonuniy ovga qarshi kurash, sun’iy ko‘paytirish dasturlari va mahalliy ekologik loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

Leonardo Di Kaprioning ta’kidlashicha, sayyoradagi biologik xilma-xillikni saqlab qolish nafaqat alohida hayvonlarni, balki butun ekotizimlarni asrash uchun ham muhimdir. Jeff Bezos esa insoniyat tabiatni shunchaki himoya qilish emas, balki yo‘qolib borayotgan turlarni faol ravishda tiklashga ham mas’ul ekanini qayd etdi.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 278

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *